Qozog'iston kubogi. "Ordabasi" o'z maydonida yutqazdi, Umarov asosiy tarkibda o'yinni boshladi

Оқил Абдубарноев
7 avg 2022, 22:55
Qozog'iston kubogining 5-turidan o'rin olgan "Ordabasi" - "Qayrat" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvda Olma-otadan tashrif buyurgan "Qayrat" jamoasi g'alaba qozondi. Qayd etish joiz, mezbonlar tarkibida o'zbekistonlik futbolchi Shahboz Umarov asosiy tarkibda o'yinni boshladi va 43-daqiqada zaxiraga olindi. Mezbonlar tarkibidagi yana bir futbolchimiz Odilbek Abdumajidov esa qaydnomaga kiritilmadi.

Shu tariqa, "Qayrat" pley-off yo'llanmasini muddatidan avval qo'lga kiritdi. "Ordabasi"da esa imkoniyat saqlanib qolgan, jamoa 6 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.

"Ordabasi" (Chimkent) – "Qayrat" (Olma-ota) – 1:3 (0:1)

Gollar: Joao Paulo 3 (0:1), Nyuadzi 61 (1:1), Shushenachev 71 (1:2), Alykulov 86 (1:3)

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia