"Qo'qon-1912" Toshkentda yig'inni boshladi. Tarkibda yangi nomlar bor

Iskandarov Abdulaziz
12 yanv 2022, 13:31
"Qo'qon-1912" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning 2-bosqich mashg'ulotlarini boshladi.

 Jamoaning mazkur bosqichdagi mashg'ulotlari Toshkent shahrida olib borilishi haqida avval xabar bergan edik. Kecha Toshkent shahrida yig'ilgan futbolchilar kechki payt bir mahal mashg'ulot o'tkazishgan bo'lsa, bugundan mashg'ulotlar ikki mahaldan olib boriladi. Kunning birinchi yarmida trenajyor zalida , kunning ikkinchi yarmida esa "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonda to'p bilan mashg'ulotlar olib boriladi. 

Jamoa tarkibi asta - sekinlik bilan mukammallashtirib borilmoqda. Toshkentdagi yig'inda jamoaning yetakchilari Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Quvondiq Ro'ziev, Oybek Rustamovlar bilan birga tarkibga  bir qator yangi futbolchilar ham qo'shilishdi. Qarshining "Nasaf", Bekobodning "Metallurg" jamoalaridagi o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan yarim himoyachi Dilshod Rahmatullaev,  muxlislarga tanish bo'lgan yarim himoyachi  Sobit Sindarov, shuningdek yarim himoyachi Sanat Shixovlar "shunqorlar"ning mashg'ulotlarida ishtirok etishyapti. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати