"Qo'qon-1912": Tayyorgarlik rejasida o'zgarish

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2017, 08:32
"Qo'qon-1912" tayyorgarlik rejasiga biroz o'zgartirish kiritildi.

Futbolchilar qisqa tatildan bugun 4 iyun kuni qaytadigan bo'ldilar. Jamoa bugun kunning ikkinchi yarmida Chirchiq shahrida navbatdagi bahslarga tayyorgarlikni boshlashadi.

Rejaga ko'ra, yig'in davomida bitta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish ko'zda tutilgan. Bu o'yin qaysi jamoa bilan va qachon o'tkazilishi haqida sizlarga qo'shimcha ravishda xabar beramiz. Chirchiqda o'tadigan o'quv-yig'in mashg'ulotlarida terma jamoa yig'iniga chaqirilgan Murod Holmuhammedov hamda Javohir Sidiqovlar ishtirok etishmaydi. "Qo'qon-1912"ning serbiyalik hujumchisi Filip Rayevacning salomatligi ayni vaqtda ancha yaxshilangan. Rayevac Chirchiq shahrida jamoamiz bilan birga bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz