"Qo'qon-1912": Serbiyalik futbolchilar keldi, bugun "NBU-Osiyo" bilan o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2016, 08:36
"Qo'qon-1912"ning Chirchiqdagi yig'ini qizg'in davom etmoqda.

Kecha serbiyalik legionerlar ham yetib kelishdi. Ayni damda mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan futbolchilarning hech birlari bilan shartnomalar imzolangani yo'q. Murabbiylar bugun Qibrayda bo'ladigan “Nbu-Osiyo” jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinida barcha futbolchilarni yana bir bor ko'zdan kechirishni maqsad qilishgan.

Jamoamizda selekciya jarayoni to'xtagani yo'q. Yana bir qator futbolchilar bilan muzokaralar davom etmoqda.

Serbiyadan kelgan legioner futbolchilar avval tibbiy ko'rikdan o'tadilar va shundan so'ng ular bilan shartnomalar imzolanishi ko'zda tutilgan.

Bugun Qibrayda 1-liga vakili “Nbu-Osiyo”ga qarshi nazorat uchrashuvi bo'lib o'tadi.  O'yin soat 18:00 da boshlanishi belgilandi.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda “Bankirlar”ga qarshi O'zbekiston Kubogi 1/16 final doirasida maydonga tushganmiz va 3:2 hisobida g'alaba qozonganmiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz