

“Qo'qon-1912” jamoasining murabbiy va futbolchilari ham ushbu kunda avlodlar ruhini shod etish maqsadida , Qo'qon shahridagi xotira maydoniga bordilar. Murabbiy va futbolchilarimiz bu yerda vatanimiz mustaqilligi uchun jon fido qilgan ota-bobolarimizni xotirlab, bu yerda qad rostlagan yodgorlik poyiga gullar qo'yishdi. Zero bugungi tinch va farovon hayotimiz uchun jonlarini fido qilgan avlodlarimiz ruhlarini qalbimizda abadiy saqlash va ularni yodga olib turish har birimizning insoniy burchimizdir.









