"Qo'qon-1912": Nikola Valentich Serbiyaga jo'nab ketdi

Aslanov Jasurbek
14 fev 2017
O'tgan mavsumda yaxshi o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Nikola Valentich o'z yurtiga jo'nab ketdi.

Serbiyalik himoyachi Farg'onada bo'lib o'tgan “Viloyat Hokimi Kubogi-2017”dagi g'alabada o'zining munosib hissasini qo'shgandi. Lekin  Nikola Valentichga tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra shifokorlar futbol o'ynashga ruxsat berishmadi. U davolanishi lozimligini aytishdi. Shu bois himoyachi Serbiyaga qaytib ketdi.

Nikolaga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Jamoamiz ko'rigida bo'lib turgan yana bir serbiyalik hujumchi Filip Rayevac xususida to'xtaladigan bo'lsak. Unga birinchi tibbiy ko'rikdan so'ng shifokorlar takroriy ko'rikka tavsiya qilishdi. Shuning uchun u maydonga tushgani yo'q. Alohida mashg'ulot o'tkazmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: kokand1912.uz