

Turning markaziy o'yinlaridan biri Qo'qonda bo'lib o'tadi.
"Qo'qon-1912" 25-tur doirasida o'z maydonida Namanganning “Navbahor” klubini qabul qiladi. O'ziga xos “vodiy derbisi” har doim muxlisu mutaxasislarning e'tiborida bo'lib kelgan. Jamoamiz a'zolari kechadan o'z qarorgohlarida to'planib, ushbu uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Mashg'ulotlar “Markaziy” stadionida bo'lib o'tmoqda.
“Qo'qon-1912” – “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 21 oktyabr, shanba kuni soat 15-30da boshlanishi rejalashtirilgan.




