

Muxlislarimiz jamoamizni hoh uyda , hoh safar o'yinlarida bo'lsin juda faol qo'llab kelishadi. Bu anana joriy mavsumda ham davom etmoqda. Dastlabki turdagi g'alabadan ruhlangan muxlislar klubi navbatdagi turda chempionat yetakchilaridan sanalgan “Paxtakor” jamoasi bilan o'yinga xam puxta hozirlik ko'rmoqdalar. Biz Toshkent shahrida ishlayotgan va o'qiyotgan Qo'qonlik muxlislarni ham “Paxtakor” bilan o'yinga taklif qilamiz. Bu uchrashuvda siz aziz muxlislarning qo'llab-quvvatlashlaringiz futbolchilarga qo'shimcha kuch- quvvat beradi.
“Paxtakor” stadioniga uyushgan xolda kirish, qaysi sektorga joylashish va boshqa masalalarda fan klub yetakchisi Ilhomjon Qunduzovga +99890 508 -77-99 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin. Eslatib o'tamiz “Paxtakor” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi baxs 11-mart juma kuni, soat 17-30da Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida bo'lib o'tadi.



