

Xususan, uzoq yillar davomida jamoa darvozasini qo'riqlagan va keyinchalik posbonlar murabbiyiga aylangan Andrey Baklanov “Qo'qon-1912” bilan xayrlashdi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Baklanov endilikda faoliyatini “Turon” murabbiylar shtabida davom ettirishga qaror qilgan.
“Shunqorlar” ustozi Baxtiyor Ashurmatov darvozabonlar bilan ishlash uchun Hislat Chilmatovni taklif etdi. Bu bejiz emas, albatta, chunki ilgari Hislat Chilmatov “Guliston”, “Navbahor” va “Andijon” jamoalarida aynan Ashurmatovga yaqindan yordam bergandi.

Chilmatov (o'ngdan birinchi)



