"Qo'qon-1912": "Metallurg" bilan uchrashuviga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
29 may 2017, 07:50
Chempionat taqvimida tig'izlik vujudga keldi. Jamoalar har to'rt kunda o'yinlarda ishtirok etishmoqda. 26 may kuni “Buxoro”ga qarshi maydonga tushgan futbolchilarimiz ertaga Bekobodda “Metallurg” mehmoni bo'lishadi.

Jamoa mazkur bahsga Toshkentda tayyorlanmoqda. O'zbekiston mehmonxonasiga joylashgan futbolchilarimiz O'zbekiston kubogida yurishlarini davom ettirishni  o'z oldilariga maqsad qilganlar.  Ertaga vakillarimiz Toshkentdan Bekobodga qarab yo'lga tushishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogi 1/8 final diorasidagi birinchi uchrashuvda “Qo'qon-1912” jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozongan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz