

Futbolchilar Dang'aradagi “Dang'ara” mehmonxonasiga to'planishdi.
Dastlab jamoa a'zolari uchun yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda jamoa vice-prezidenti bosh direktori Baxtiyorjon Tolipov so'z olib barchani yangi murabbiy bilan yana bir bor tanishtirib o'tdi. Yig'ilishda futbolchilarga qishki o'quv yig'in rejasi tushuntirib berildi.
Shuningdek, bosh murabbiy Murodjon Ismoilov ham so'zga chiqib barchani bir oila bo'lib qo'qonlik ishqibozlarning va rahbariyatning ishonchlarini oqlashga harakat qilishlari kerakligini futbolchilarga uqtirib o'tdi.
Shundan so'ng jamoa dastlabki mashg'ulotlarga kirishdi.
Dastlabki mashg'ulotda bosh murabbiyga Vadim Shodimatov va Muhsin Nizomiddinovlar yordam berishdi.
Mashg'ulotlarni bir qator ashaddiy muxlislar kuzatib borishganini ham alohida takidlash joiz.



