"Qo'qon-1912": Yig'in Toshkentga ko'chdi

Tolibjon Qosimov
15 yanv 2015, 16:50
“Qo'qon-1912” yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismini yakunladi.
Kecha “Navbahor” bilan o'yindan so'ng futbolchilarga dam berildi. Bugundan jamoamiz a'zolari endi Toshkentda yig'iladi. Tushlikdan so'ng “O'zbekiston” mehmonxonasiga joylashadi. Ertaga, 16 yanvar kuni futbolchilar Chig'atoyda “Futbol-MED” ko'rigidan o'tadi. 17 yanvar kuni esa “Olmaliq” bilan sinov-nazorat uchrashuvi tashkil etish ko'zda tutilgan. Shuningdek murabbiylar shtabi poytaxt yig'ini davomida yana bir nechta nazorat o'yinlarni o'tkazishni rejasiga kiritgan.

Eslatib o'tamiz, mazkur yig'in 28 yanvar kuni poyoniga etadi. 30 yanvardan esa Farg'onada start oladigan ananaviy hokim kubogi turnirida ishtirok etish maqsad qilingan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: kokand1912.uz