Xususan birinchi liga vakili "Qo'qon-1912" ham bu borada yig'inga ertaroq kirishdi.
Jamoa a'zolari rejaga ko'ra, kecha klub bazasida yig'ildi. Ayni paytda bosh murabbiy Toxir Kapadze Toshkentda o'tayotgan PRO murabbiylik kursida tahsil olayotgani bois, futbolchilarni yordamchi murabbiy Muhiddin Abduvaliev shug'ullantirmoqda.
Tarkibda asosan mahalliy futbolchilarni uchratish mumkin. Shuningdek bu yilgi mavsumni "So'g'diyona" va "Qizilqum" jamoalarida o'tkazgan Jalil Kimsanov, oxirgi yillarda "Navbahor" sharafini himoya qilib kelayotgan Sobir Hamidov ayni paytda qo'qonliklar bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Bundan tashqari iqtidorli posbon Nodir Ashurmatovning ham "Qo'qon-1912" yig'inida qatnashayotganini aytib o'tish kerak.
"SA"ga ma'lum qilishlaricha mazkur yig'in 29 dekabrga qadar davom etadi. Shundan so'ng yangi yil bayrami munosabati bilan futbolchilarga qisqa muddatli dam beriladi. 4 yanvardan boshlab esa, yig'inning ikkinchi qismi start oladi.
Bu borada jamoa ustozi Toxir Veysalovich shunday dedi: - Dastlabki yig'inda asosiy e'tiborni qo'qonlik yigitlarga qaratamiz. Chunki o'zingizga yaxshi ma'lumki, Qo'qonda mahoratli futbolchilar talaygina. 1994-95-96 yillarda tavallud topgan yoshlarni ham saralab olishni rejalashtirganmiz. Qarashlarimizga mos kelganini jamoada olib qolib, kelgusi yig'inlarimizda ham sinab ko'ramiz. Toshkentda kechadigan bo'lajak yig'inimizda esa boshqa viloyatlik futbolchilarni ham sinab ko'rishimiz mumkin. Lekin yana qaytarib aytaman, biz asosiy e'tiborni qo'qonlik futbolchilargi qaratamiz.