"Qo'qon-1912" ertaga taqdimot marosimini o'tkazadi. Tadbir muxlislar va OAV uchun ochiq

Administrator
11 mar 2025, 23:08
"Qo'qon-1912" klubi yangi mavsum taqdimotini o'tkazishini ma'lum qildi.

"Xabaringiz bor, “Qo'qon-1912” har yili yangi mavsum oldidan taqdimot marosimini o'tkazadi.

Bu yilgi marosim ertaga,  12-mart kuni Qo'qon shahar hokimligining majlislar zalida soat 12:00 da boshlanadi.

Tadbirda jamoamiz tarkibiga yangi qo'shilgan futbolchilarni tanishtirish, shuningdek, jamoaning bo'lajak mavsum davomida foydalanadigan futbolkalari taqdimoti o'tkaziladi.

Tanishtiruv marosimiga OAV vakillari hamda “Qo'qon-1912” jamoasining sodiq muxlislarimizni taklif qilamiz.

Mo'ljal: Shahar hokimligi ro'parasidagi yagona darcha majlislar saroyi", –deyiladi klub bergan xabarda.


O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Қўқон-1912" клуби матбуот хизмати