"Qo'qon-1912": Bugun viloyat derbisi

Narzulla Saydullayev
15 fev 2016, 08:58
"Qo'qon-1912" kecha ikki mahal mashg'ulot o'tkazishdi. Ertalabki mashg'ulotlarda asosan jismoniy mashqlar bilan cheklanishdi.

Kunning ikkinchi qismidagi keyingi mashg'ulotlarda esa murabbiylar futbolchilarga to'p bilan ishlash sirlaridan saboq berishdi.

Mashg'ulotlar Chilonzordagi “Paxtakor” akdemiyasining maydonida bo'lib o'tdi.  Bugun esa futbolchilarimiz navbatdagi nazorat-sinov uchrashuvida maydonga tushadi.  Bu galgi raqibimiz viloyatimizning yana bir jamoasi “Neftchi”.

Ayni damda Andrey Fyodorov shogirdlari ham Toshkentda yig'in o'tkazmoqda.

Uchrashuv soat 15:00da “Bunyodkor” akademiyasining mashg'ulotlar maydonida bo'lishi belgilangan. Jamoamizga navbatdagi viloyat derbisi omad tilab qolamiz.

Eslatib o'tamiz, “Qo'qon-1912” jamoasi 8 fevral kuni poytaxtdagi yig'inni boshagan edi. 12 fevral kuni yig'indagi birinchi nazorat uchrashuvi o'tkazildi. Unda vakillarmiz “So'g'diyona”ni 3:2 hisobda dog'da qoldirishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz