"Qo'qon-1912" bugun "So'g'diyona" bilan o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2017, 08:24
"Qo'qon-1912"ning yangi mavsum arafasidagi ikkinchi yig'ini ham o'z poyoniga yetib bormoqda.

3 yanvar kuni Toshkentda boshlangan ikkinchi yig'in bugun yakuniga etadi.

Mazkur yig'in davomidagi so'nggi nazorat uchrashuvi bugun o'tkaziladi. Chilonzordagi Paxtakor akdemiyasiga  qarashli suniy maydonda "Qo'qon-1912" Jizzaxning “So'g'diyona” klubiga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv soat 12:00da boshlanish rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, bu kunga qadar No'mon Hasanov shogirdlari uchta nazorat uchrashuvida ishtirok etishdi.

“So'g'diyona”ga qarshi kechadigan o'yindan keyin ikkinchi yig'in yakunlanadi. Uchinchi yig'in doirasida esa "Qo'qon-1912" Farg'onada boshlanadigan “Viloyat Hokimi Kubogi-2017”da ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz