"Qo'qon-1912": Besh nafar futbolchi bilan shartnoma imzolandi

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2018, 15:57
Yozgi transferlar chog'ida "Qo'qon-1912" safiga besh nafar yangi o'yinchi kelib qo'shildi.

Selekciya jarayonida chiziqlardagi raqobatni kuchaytirish borasida ish olib borgan murabbiylar darvozabon – Sarvar Karimov, hujumchi Jasur Hakimov, yarim himoyachi - Behruz Sadullaev, hujumchi – Firdavs Asadov va yarim himoyachi Iqbol Malikjonov bilan rasman shartnoma imzoladi. Endi bu futbolchilar mavsumning qolgan qismida “Qo'qon-1912” jamoasi sharafini himoya qilishadi.

Yangi futbolchilar bilan tanishing:
Sarvar Karimov (“So'g'diyona”)
Jasur Hakimov  (“Paxtakor”)
Firdavs Asadov (“Labsa”)
Behruz Sadullaev (“Navbahor”)
Iqbol Malikjonov (“So'g'diyona”)*


* Iqbol Malikjonov Qo'qon futboli tarbiyalanuvchisi sanaladi. Ushbu futbolchi birinchi davrani “So'g'diyona”da o'tkazgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz