Qiziqarli ma'lumot: Boshi bilan darvozani sindirgan futbolchi

Aslanov Jasurbek
13 dek 2017, 14:11
"Qiziqarli ma'lumot" rukni orqali sizga futbol olamida ro'y bergan juda ajoyib va g'alati voqealarni taqdim etamiz.

1980 yil Ruminiyaning Timishoare shahrida mahalliy "Politexnika" va Braziliyaning "Atletiko" klublari o'rtasidagi uchrashuvda qiziqarli voqea yuz berdi. Braziliya jamoasi forvardi katta tezlikda jarima maydonchasiga kirib bordi va darvozabon bilan birga-bir chiqayotgan edi. Ruminiyalik posbon raqibining oyog'iga otildi, hujumchi esa o'zini boshqara olmay, boshi bilan darvoza ustuniga urildi. Darvoza bunday zarbaga dosh berolmadi va ikkiga bo'linib ketdi. Darvozani ta'mirlash uchun o'yinni 20 daqiqa to'xtatishga to'g'ri keldi, braziliyalik esa hech narsa bo'lmagandek bahsni davom ettirdi.

Qiziqarli ma'lumot: 3:3 hisobida yakunlangan o'yinda bir futbolchi 5ta gol urgan ekan

Qiziqarli ma'lumot: Darvozabon tuman tufayli hech kim yo'q maydonda qolib ketgan (+FOTO)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia