Qiziqarli ma'lumot: "Aytdim, bizni hujumchilar bunchalik kuchli emasdi"

Aslanov Jasurbek
18 dek 2017, 15:23
"Qiziqarli ma'lumot" rukni orqali sizga futbol olamida ro'y bergan juda ajoyib va g'alati voqealarni taqdim etamiz.

Bo'lib o'tgan sanasi noma'lum bo'lgan "Nottingem Forest" hamda "Lester Siti" o'rtasidagi bahsda qor bo'roni daqiqa sayin kuchayib borardi. Maydonda ko'rish darajasi juda past edi. Ikkinchi bo'limni boshida hakam o'yinni to'xtatishga qaror qildi. O'n daqiqa o'tganidan so'ng kiyinish xonasida o'tirgan "Lester" futbolchilari darvozabon yo'qligini sezib qolishdi. Hamma uni izlashga kirishib ketdi va bir necha daqiqadan so'ng posbonni darvozani oldidan topishdi. Unga hammasini tushuntirishganidan so'ng, darvozabon shunday dedi: "Aytdim, bizni hujumchilar bunchalik kuchli emasdi".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia