"Qizilqum" tayyorgarlikni qachon boshlaydi?

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2020, 12:32
Superliganing barcha klublari 2020 yilgi mavsumga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborishgan.

Biroq Navoiyning "Qizilqum" klubi hozircha jim. O'tgan mavsumda Superligani tark etgan "Dinamo" bilan bir xil ochko to'plagan va faqat qo'shimcha natijalar tufayligina elitada jon saqlab qolgan jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashga shoshilmayapti.

Bu borada klub bosh murabbiyi Hamidjon Aktamovga murojaat qilganimizda qisqa qilib "Hozircha byudjet aniq emas, kutayapmiz" deb javob berdi.

PFL yangi mavsum 28 fevral kuni start olishini e'lon qilgan. Demak, 2020 yilgi Superliga boshlanishiga 53 kun vaqt qoldi. "Qizilqum"dagilar mana shu qisqa vaqt jamoa tayyorgarlik ko'rishiga etarli deb hisoblamoqda shekilli? Ko'ramiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia