"Qizilqum" "Oq-tepa" hujumchisi Ibrohim Tomiva bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
15 avg 2020, 17:20
Navoiyning "Qizilqum" klubi transferlar oynasi vaqtida tarkibni kuchaytirishda davom etadi.

"Oq-tepa" safida ajoyib o'yinlar namoyish etgan nigeriyalik Ibrohim Tomiva "Qizilqum" bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda futbolchi instagramdagi sahifasida ma'lum qildi. 

Ma'lumot uchun, Tomiva "Oq-tepa" safida bu mavsum 4ta o'yinda maydonga tushib 5ta gol urishning uddasidan chiqdi. 

"Qizilqum" hozirga qadar 4 nafar futbolchi bilan shartnoma tuzgani rasman e'lon qilingan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia