Rasmiy xabar: "Qizilqum" Nesterov, Qilichev, Kasminin va Jasur Azimov bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
15 avg 2020, 12:16
Navoiyning "Qizilqum" klubi yozgi transfer oynasi vaqtida 4 nafar futbolchini o'z safiga qo'shib oldi.

Ignatiy Nesterov, Oybek Qilichev hamda belaruslik himoyachi Vladislav Kasminin bilan 2020 yil so'nggiga qadar, Jasur Azimov bilan esa 2021 yil oxirigacha shartnoma tuzildi. To'rt futbolchi ham "Qizilqum"ga erkin agent sifatida qo'shilishdi. Bu haqda PFL xabar tarqatdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia