“Qizilqum” muxlislari diqqatiga!

20 may 2018, 13:51
Superliganing 12-turida “Qizilqum” Toshkentda “Lokomotiv” mehmoni bo'ladi.

Jamoa ishqibozlar klubi a'zolari ham mazkur uchrashuvda jamoamizni bevosita stadiondan turib qo'llab-quvvatlashni maqsad qilishgan.

Klub rahbariyati tomonidan ishqibozlar klubi a'zolari uchun ikkita avtobus ajratilgan. Jamoa ishqibozlari 22 may kuni erta tongda, soat 6:00 da Navoiy shahridagi “Yoshlar sport majmuasi” oldida to'planishadi va poytaxtga qarab yo'l olishadi.

Barcha ishqibozlarni jamoamizni qo'llab-quvvatlashga chorlaymiz!

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun tel: +99897 322 5125 ( “Qizilqum” ishqibozlari yetakchisi Hamza Xo'jaqulov)

O'xshash yangiliklar


Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати.