

O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari pedagogika fanlari nomzodi, professor Shamil Iseev boshchiligida to'rtta yo'nalish bo'yicha futbolchilarning holatini nazoratdan o'tkazishdi. 30 metrga yugurish, turgan joydan uzunlikka sakrash, 7x50 metrga yugurish hamda "Yo-Yo" test mashqlarini futbolchilar amalda sinab ko'rishdi.
Test-sinovlari yakunlari O'FA metodik markazida tahlil etilgach, ma'lum qilinadi.



