"Qizilqum": Futbol quvonchi va tashvishi Sizga doimo hamroh bo'lsin!

Narzulla Saydullayev
24 okt 2016, 16:10
Yurtimizda o'z hayoti tashvishidan futbolni ustun qo'yadigan insonlar talaygina. Ulardan biri navoiylik Sergey Knyazevdir.

O'z xonadoni to'rini futbol nashrlari, o'yinlar dasturlari uchun ajratgan millionlar o'yini shinavandasi Sergey Ivanovich kecha qutlug' oltmish yoshga to'ldi.

Fursatdan foydalanib, “Qizilqum” PFK rahbariyati, jamoa a'zolari va ko'psonli muxlislar nomidan Sergey Knyazevni tavallud ayyomlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Unga uzoq umr, mustahkam sog'lik va oilaviy baxt tilaymiz.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz