Navoiyliklar bu safar bir yillik tanaffusdan so'ng yana kuchlilar qatoriga qo'shilgan Andijon futbolchilari bilan kuch sinashdilar.
Uchrashuv nihoyatda shiddatli va hujumkor ruhda kechdi. Konchilar bosh murabbiyi Yuriy Lukin mazkur o'yinda tajribali futbolchilardan Vladimir Shishelov, Alisher Xoliqovlarga dam berishni maqul ko'rdi. Shunga qaramay, navoiyliklar bir-biridan chiroyli hujumlar uyushtirishdi. Ammo ulardan samarali foydalanishda Qizilqum jamoasiga goh omad, gohida mahorat yetishmadi.
Garchi, birinchi bo'limda jamoalar o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qolgan bo'lsalar-da, tanaffusdan so'ng navoiyliklar baribir o'z so'zlarini aytdilar. O'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida G'ayrat Jumaev Andijon jamoasi darvozasini ishg'ol etdi - 1:0.
Bosh murabbiy Yuriy Lukin uchrashuvda quyidagi o'yinchilarni maydonga tushirdi:
Erkin Jabborov, Akmal Xoliqov, Asqar Muhiddinov, Akmal Rustamov, Mirjalol Qurbonov, G'ayrat Jumaev, Eldor Boymatov, Sherali Jo'raev, Sarvarjon Xolmatov, Samandar Shodmonov, Navro'z Alimov.
Zaxiradan maydonga tushganlar:
Azizjon Abdullaev, Ruslan Sanaev, Azibek Usmonov, Fayzulla Qambarov.
Rejaga ko'ra, Qizilqum jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 19 fevral kuni o'tkazadi. Unda G'uzorning Sho'rtan futbolchilari navoiyliklar raqibi bo'ladilar. Uchrashuv poytaxtimizdagi Obod stadionida soat 15.30 da boshlanadi.