"Qizilqum" bu mavsum safarda ochko ololmaydimi?

Narzulla Saydullayev
2 noya 2013, 10:44
Oliy liga yakunlanishiga bor yo'g'i ikki tur qoldi.
Ikki turdan so'ng biz navbatdagi mamlakat chempioni, sovrindorlari, to'purari va elitani tark etganlarni bilib olamiz.

Bu mavsumda Zarafshonning "Qizilqum" klubi salbiy natijalar qayd etdi. Ayni paytda 19 ochko bilan musobaqaning 13-pog'onasida borayotgan "Qizilqum" oliy ligada qolish uchun kurashmoqda.

Zarafshon shahri jamoasi 2013 yil safarda bo'lib o'tgan 12ta o'yinning 12tasida mag'lub bo'lgan yagona klub bo'lib turibdi. Safardagi oxirgi o'yin 8 noyabr kuni "Guliston"ga qarshi bo'lib o'tadi. Ko'ramiz "Qizilqum" bu mavsumda safarda ochko ololarmikin?

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia