

Ular o'rtasida O'zbekiston XXV milliy chempionati qay tarzda uyushtirilishi barcha uchun birdek qiziq. Sevimli jamoangiz dastlabki turni o'z maydonida o'tkazadimi yoki safarda? Birinchi turda qaysi jamoa bilan kuch sinashadi?
Bu kabi savollarga 22 dekabrda javob topamiz. O'zbekiston futbol federatsiyasida shu kuni navbatdagi milliy chempionat oliy liga bahslariga qur'a tashlanadi. Shuningdek, o'tgan mavsum yakunlari, 2016 yili chempionat rejalari muhokama qilinadi.
Mazkur tadbirda oliy liga futbol klublari rahbarlari va bosh murabbiylari ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Qur'a tashlash marosimi soat 11.00 da O'FF majlislar zalida boshlanadi.



