“Qizilqum” aprel oyida to'rtta uchrashuv o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
9 apr 2017, 16:25
Aprel oyida "Qizilqum" Oliy liga bahslarida 4ta uchrashuv o'tkazadi.

6 aprel kuni Toshkentda “Bunyodkor” bilan kuch sinashgan “konchilar” navbatdagi uchrashuvni 15 aprel kuni Navoiyda “So'g'diyona”ga qarshi o'tkazishadi. Oradan bir hafta o'tib, 22 aprelda “Qizilqum” “Olmaliq” mehmoni bo'lsa, 29 aprel kuni 8-tur doirasida “Nasaf” Navoiyda mehmon bo'ladi.

Aprel oyining ilk uchrashuvini muvaffaqiyatli boshlagan jamoamizga keyingi uchrashuvlarda ham omad yor bo'lishini tilaymiz.

"Qizilqum" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia