

"Yakunlangan mavsumda Qizilqum jamoasi himoya chizig'ida ishonchli harakatlari bilan navoiylik futbol ishqibozlarining mehrini qozona olgan yosh iqtidorli futbolchi Bobomurod Bozorov 2026 yilgi mavsumda ham “oltin izlovchilar” tarkibida harakat qiladi.
Bobomurod 2025 yilgi mavsumda Qizilqum libosida umumiy hisobda 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi", - deb yoziladi klub bayonotida.




