"Qizil iblislar"ning quvnoq mashg'ulotidan FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov
22 noya 2017, 19:04
Bugun Yevropa yashil maydonlarida Chempionlar ligasi 5-turiga yakun yasaladi.

"A" guruhida peshqadamlik qilayotgan Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Shveytsariyada "Bazel" mehmoni bo'ladi.  Kecha Joze Mourinyo shogirdlari uchrashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotni o'tkazishdi.

YCHL
"A"
guruhi, 5-tur
"Sankt-Yakob Park" stadioni
23.11.2017, 00:45
"Bazel" - "Manchester Yunayted"

"Manchester Yunayted" o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni Karringtondagi bazada o'tkazdi.

Klub bazada rasmiy mashg'ulotni o'tkazganidan keyin o'yin o'tadigan Bazel shahriga uchib keldi. Manchestyerdan Bazelgacha samolyotda 1 soat 45 daqiqalik yo'l.

Pogba nimadandir hayratga tushdi.

Pogbaning ahvolini ko'rgan Lingard, Yang va Blindning yuziga tabassum yugurdi.

Ibragimovich bugun 28 yoshga to'lgan Kris Smollingni tabriklayotgan bo'lsa ajab emas.

Shuningdek, bugun MYUning yana bir futbolchisi Maruan Fellayni ham tavallud ayyomini nishonlamoqda. "Mikrafon" bugun 30 yoshga to'ldi.


MYUning joriy mavsumdagi to'purari Romelu Lukakuning kayfiyati ham a'lo.

Jamoaning ispaniyalik legionerlari Ander Errera va David De Xea.

Zlatandan ajoyib kadr.

Markus Reshforddan antiqa kadr.


Joze Mourinyodan quvnoq kadr.

Bunisi endi umumiy kadr.

Smolling, Lukaku va uchinchi kiper Joel Pereyra.

Ibrakadabra!


GettyImages suratlari yordamida tayyorlandi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia