

Bo'lajak uchrashuvdan oldingi tayyorgarlik jarayonida Valeriy Kichin, Alimardon Shukurov va Viktor Mayerlar ishtirok etishmaydi.
Ular keyinroq, JCH-2022ga saralashi doirasidagi Yaponiya va Tojikiston bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun Bishkekka yetib kelishadi.
Qirg'iziston milliy terma jamoasining o'rtoqlik o'yini doirasidagi O'zbekiston, OK-2023 va JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaponiya va Tojikiston termalariga qarshi o'yinlar uchun tarkibi:
Darvozabonlar: Valeriy Kashuba, Pavel Matyash, Kutman Kadirbekov (hammasi – Dordoy)
Himoyachilar: Valeriy Kichin (Dinamo-Minsk, Belarus), Viktor Mayer (Videnbryuk, Germaniya), Ayzar Akmatov, Azamat Baymatov, Aleksandr Mishhenko, Mustafa Yusupov (hammasi – Dordoy), Tamirlan Kozubaev (PKNS, Malayziya), Akramjon Umarov (Alay)
Yarim himoyachilar: Odiljon Abduraxmanov (Alay), Alimardon Shukurov (Boluspor, Turkiya), Axlidin Isroilov (klubsiz), Baxtiyar Duyshobekov (Bashundxara Kingz, Bangladesh), Edgar Bernxardt (Kedax, Malayziya), Murolimjon Axmedov, Farxat Musabekov, Bekjan Sagynbaev, Jyrgalbek uulu Kayrat (hammasi – Dordoy), Guljigit Alikulov (Neman, Belarus).
Hujumchilar: Vitaliy Lyuks (Ulm 1846, Germaniya), Mirlan Murzaev (Dordoy).
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini 9 noyabr kuni "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.



