Qirg'iziston terma jamoasi O'zbekiston bilan nazorat uchrashuvi o'tkazishini tasdiqladi

Narzulla Saydullayev
5 avg 2017, 08:27
Aleksandr Krestinin boshchiligidagi Qirg'iziston terma jamoasi O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Uchrashuv 25 avgust Toshkentda bo'lib o'tadi. Ushbu o'yin natijasiFIFA reytingiga ta’sir qilmaydi, sababi ikki tomonning kelishuviga ko'ra amalga oshmoqda.

Ushbu o'yinga Qirg'iziston ligasida o'ynayotgan futbolchilar takif qilinadi xolos. Bu uchrashuv terma jamoaga nomzod futbolchilarni sinovdan o'tkazib olish uchun kerak. 

Bu o'yinda so'ng Osiyo Kubogi-2019 saralashi doirasidagi Myanmaga qarshi bahs uchun tarkib ma'lum bo'ladi.

O'zbekiston terma jamoasi 31 avgust kuni safarda Xitoy mehmoni bo'ladi. 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreyani qabul qiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/_FFKR