Qirg'iz Respublikasi – O'zbekiston uchrashuvini kimlar sharhlaydi?

Sherzod Nurmatov
10 sen 2024, 15:56
Bir necha soatlardan so'ng JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi Qirg'iz Respublikasi – O'zbekiston bahsi boshlanadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 19:00 ga belgilangan va "Sport" telekanali orqali namoyish etiladigan bahsni o'zbek tilida Dilshodbek To'xtabekov hamda Abdurashid Odilov sharhlab borsa, ruschada Otabek Jo'raev sharhlashi ko'zda tutilgan. 

JCH-2026 3-saralash bosqichi

"A" guruhi. 2-tur

Qirg'iz Respublikasi – O'zbekiston

Bishkek. Dolen Omurzakov nomidagi stadion. 19:00


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia