

Darvozabon Chempionlar Ligasi futbolchilari umumiy reytingida uchinchi o'rinni egalladi. U 8,17 ballga loyiq ko'rilgan.
Anarbekovdan yuqorida faqat Norvegiyaning "Budyo-Glimt" darvozaboni Nikita Xaykin (8,19) hamda "Real" hujumchisi Kilian Mbappe joy oldi. Mbappe umumiy bosqichning eng yaxshi futbolchisi sifatida 8,56 ball oldi.
Qayd etish joiz, "Qayrat" umumiy bosqichdagi so'nggi o'yinda Londonning "Arsenal" jamoasiga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Avvalroq jamoa o'zining ilk Chempionlar Ligasida qancha ishlab olganiga aniqlik kiritilgan edi.



