"Qayrat" bosh murabbiyi: "Bunchalik uzoqqa borishimizni kutmagandim"

Iskandarov Abdulaziz
28 avg 2025, 18:07
"Qayrat" bosh murabbiyi Rafael Urazbaxtin jamoasining Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga chiqqani haqida fikr bildirdi.

Saralashning oxirgi bosqichida qozog'istonliklar Shotlandiyaning "Seltik" klubini mag'lub etdi (0:0, 3:2 penaltilar seriyasida).

- Rostini aytsam, boshida bunchalik uzoq boramiz, deb o'ylamagandik. Eng kamida qo'ygan maqsadimiz Konferenciyalar ligasi guruh bosqichi edi. Ammo o'yinlar davomida asta-sekin ishonch paydo bo'ldi, yigitlar o'z kuchiga ishona boshladi. Aytishadi-ku, ishtaha ovqat paytida ochiladi, deb. Haqiqiy imkoniyat paydo bo'lgandan so'ng undan foydalanishga harakat qildik. Ishonch "Slovan" ustidan uyda qozongan g'alabadan keyin keldi. Keyin o'zimiz o'zaro gaplashib qoldik: "Nega yo'q? Nega harakat qilib ko'rmaslik kerak?" Oxir-oqibat shunday bo'lib chiqdi, - dedi Urazbaxtin.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Чемпионат