Qatardagi Osiyo chempionatida Kovalenkoning o'rniga Ilgiz Tantashev ishlaydi

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2015, 16:41
Xabaringiz bor, yanvar oyida Qatarda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat bo'lgan jamoalar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Unda dastlab o'zbekistonlik FIFA hakami Valentin Kovalenko va FIFA laysmeni Jahongir Saidov ishlashlari kerak edi. Biroq olingan ma'lumotlarga ko'ra, Qatarga Kovalenkoning o'rniga Ilgiz Tantashev boradi. 

Eslatib o'tamiz, ushbu 12 yanvarda boshlanadigan chempionatda Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia