Qatar Sport va yoshlar vaziri O'zbekiston milliy terma jamoasi delegaciyasi bilan uchrashdi

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2024, 15:07
Uzoq yillar mobaynida Qatar futbol assotsiatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan, hozirda mamlakatning Sport va yoshlar vaziri Shayx Hamad bin Xalifa bin Ahmad Al-Tani O'zbekiston milliy terma jamoasi delegaciyasi bilan uchrashdi.

So'nggi yillarda yurtimizda futbolni rivojlantirish borasidagi harakatlarni yuqori baholab, ikki mamlakat futbol assotsiatsiyalari o'rtasidagi hamkorlik loyihalariga to'xtalib o'tdi. O'zbekiston U-17, U-20 va U-23 terma jamoalarining qita va xalqaro maydondagi natijalarini etirof etdi. Milliy terma jamoamizning Osiyo kubogidagi o'yinlariga omad tiladi. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати