Qatar. Shoahmedov Xavi o'ynayotgan jamoaga gol urdi, "Al Sayliya"da durang

Narzulla Saydullayev
7 apr 2017, 10:57
Qatar Yulduzlar ligasining 25-turida "Al Sayliya" safarda "Al Sadd" bilan durang o'ynadi.

Mehmonlar safida hamyurtlarimiz Sanjar Shoahmedov va Temurxo'ja Abduxoliqov asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Bahsning 15-daqiqasida mezbonlar vakili, jahon futboli yulduzi Xavi gol urib hisobni ochdi. Keyingi daqiqadayoq Sanjar Shoahmedov hisobni tenglashtirib qo'ydi. Bahs 2:2 hisobida yakunlandi.

Abduxoliqov uchrashuvda to'liq o'ynagan bo'lsa, Sanjar 83-daqiqada almashtirildi.

"Al Sayliya" 28 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.

Qatar Yulduzlar ligasi. Musobaqa jadvali
"Al Sadd" - "Al Sayliya" 2:2
Gollar:
Xavi 15, Bunedja 83 penalti - SANJAR SHOAHMEDOV 16, Lazar 71
Chetlatish: Xaddaf 81 ("Al Sayliya")


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia