Qashqadaryolik futbol muxlislari diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
29 noya 2016, 16:45
O'zingizga ma'lum, ertaga Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida “Lokomotiv” – “Nasaf” jamoalari o'rtasida O'zbekiston kubogi-2016 final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Chiptalar sotuvi bir necha kun avval Qarshi shahridagi “Markaziy” stadion kassalari orqali sotuvi tashkil etildi va 28 noyabr kuni to'xtatildi. Shunga qaramasdan, chipta xarid qilishga ulgurmagan muxlislardan keyingi paytda juda ko'p murojaatlar bo'lmoqda.

Talab va istaklarni inobatga olib, tashkilotchilar tomonidan Qashqadaryolik muxlislar uchun yana chiptalar sotuvini tashkil qilinmoqda.

Demak, ertaga yani 30 noyabr chorshanba kuni Samarqand shahridagi KORZINKA supermarketi avtoturargohida aynan qashqadaryolik futbol ishqibozlari uchun stadionning 13 va 14-sektorlariga chiptalar sotuvi  tashkil qilinadi.

Eslatib o'tamiz, chiptalar narxi 10 000 so'mdan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz