Qashqadaryo viloyati chempionati. 2-tur bahslari yakunlandi

Narzulla Saydullayev
27 may 2017, 16:34
Qashqadaryo viloyati futbol federatsiyasi tomonidan bu yilgi mavsumga start berildi.

Ichki chempionatda jami 18 ta jamoa ishtirok etmoqda. Ushbu hafta 2-turning barcha uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

2-tur natijalariga ko'ra, Elbek Jo'raev shogirdlari “Qarliq”(Muborak) jamoasi  raqiblar darvozasiga 7ta to'p kiritishib  6 ochko jamg'argan holda, turnir jadvalida karvonboshlik qilmoqda.

Qamashining “Zafar” jamoasi esa  o'z maydonida  Qarshi olimpiya zahiralari kollejining “Olimpiya”  jamoasini qabul qildi. Ushbu  bahsda mezbonlar qamashiliklar 2:0 hisobida chempionatdagi ikkinchi g'alabasini nishonlashdi.

2-turning ikki bahsida futbol muxlislar “gollar shousi”ga guvoh bo'lishdi.

“Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari  2001 yillarda tug'ilgan tarbiyalanuvchilardan iborat “Nasaf-FM”jamoasi “Chiroqchi” jamoasi mehmoni bo'lishdi.
Mazkur bahsda  yosh “nasafchilar”  o'zilaridan 15-20 yoshdan katta bo'lgan chiroqchilik futbolchilarga qarshi  maydonda kurash olib borishdi.

Asabiy tarzda o'tgan uchrashuvda  Azamat Aliqulov shogirdlari yirik ko'rinishdagi 7:4 hisobida mag'lubiyat alamini tortib ko'rishdi.   

Ikkinchi gollar shousi  kichik “qarshi derbi”sida kuzatildi  “Binokor”-“Qarshi” jamoalari o'rtasida kechgan shiddatli bahsda qarshilik yo'lbarslar  Arslon Sharopov  shogirdari  hamshahrilari darvozasiga naqd 8 ta to'p kiritishdi. Yakuniy hisob . 8:2   

2-tur natijalari bilan tanishing:
“Hisor”(Shahrisabz) - “Mashal-FM(Muborak) ” 0-0
“Semrug'”(Yakkabog') -“Sho'rtan-FM”(G'uzor) 1-2
“Novqat –CITY”(Kasbi) -“Ko'kdala”(Chiroqchi) 3-1
“Alanga”(Koson) -“Qarliq”(Muborak)  1-3
“Binokor”(Qarshi) -“Qarshi”(Qarshi)  2-8
“Chiroqchi”(Chiroqchi) -“Nasaf-FM”(Qarshi) 7-4
“Zafar”(Qamashi) -“Olimpiya”(Qarshi OZK) 2-0
“Turon”(Qarshi QSKXK ) -“Neftchi”(Kitob) 3-0

“Nishon”(Nishon) - “Navbahor”(Kasbi) jamoalari o'rtasidagi uchrashuv qoldirildi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia