Qalb armoni...

Aslanov Jasurbek
11 avg 2020, 21:07
Yozuvchi, shoir Jo'ra Qo'chqorovning "Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlangan sherini e'tiboringizga havola etamiz.

Qalb armoni...

Samoga yulduzday sochilib ketding

Umrbod qalbda yaram, sen ohu zorim,

O'n etti o'g'lonim, bevaqt o'tding

Ne zo'rlarni tiz bukkan eh, "Paxtakorim".


Qirq yil o'tibdi, qalbdasan hamon

Xotirang hamisha yurak to'rida

Bilmam o'tar yana, qanchalar zamon

Unutilmay yashaysan qalblar qo'rida.


"Paxtakor"im dunyoda noming o'chmagay

Haqiqiy xalq jamoasi, shoning ko'chmagay,

Manman degan raqibning eggasan boshin

Yig'latib, to'kkansan achchiq ko'z yoshin.


"Dinamo"mi, "Spartak" baribir erdi

Toshkentga kelib obdon, tazirin erdi,

Qo'lin baland ko'tarib, taslimman derdi

Yurtim shani deb, "Paxtakor", jonini berdi. 


Endi buyuk jamoani tushda ko'ramiz

Nadomatla bosh chayqab, afsus qilamiz,

Ham xo'rsinib, ham hafa bo'lib yuramiz

Qalbdasan "Paxtakor"im, eslab turamiz.


Hozirgi "Paxtakor" izingdan borar

Nasibdur, Osiyoda quchadi zafar,

Yaqindir, u kunlar, o'yinni topar

O'zbekiston jamoasi bo'lur muzaffar.


O'zga jamoalarni kamsitmam sira

"Paxtakor"im boshqacha, baribir qara,

Yarim asrdan ko'proq ishqiboz Jo'ra

O'n bir karra chempion, barchadan zo'r, a?

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia