Pushkash-2019. Yilning eng chiroyli goliga nomzodlar kuchli o'nligi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
19 avg 2019, 22:10
FIFA tomonidan 2009 yildan buyon yilning eng chiroyli goli muallifiga Ferenc Pushkash nomidagi mukofotni topshirib keladi.

Bugun, 2019 yilning eng yaxshi goliga da'vogarlarning kuchli o'nligi e'lon qilindi. Demak nomzodlar bilan tanishing:

Daniel Jori (Debrecen);

Lionel Messi (Barselona);

Zlatan Ibragimovich (Los-Andjeles Gelaksi);

Endros Taunsend (Kristal Pelas);

Fabio Kvalyarella (Sampdoriya);

Xuan Kintero (River Pleyt);

Mateus Kunya (RB Leyptsig);

Emi Rodriges (Utah Royals);

Billi Simpson (Kliftonvill);

Adjara Nchut (Kamerun terma jamoasi).

Ovoz berish natijalari 1 sentyabrda e'lon qilinadi. Ushbu sovrinni o'tgan yili Liverpul forvardi Muhammad Saloh qo'lga kiritgandi.

 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: FIFA.com