Puyolning tizzasidagi suyuqlik chiqarib tashlandi

Tolibjon Qosimov
4 dek 2013, 15:57
Shifokorlar "Barselona" himoyachisi Karles Puyolning chap tizzasida yig'ilib qolgan suyuqlikni chiqarib yuborishdi.
"Barsa" sardori Chempionlar Ligasi 5-tur doirasidagi "Ayaks"ga qarshi o'yinda jarohatlangandi. Shuning uchun ham u "Atletik"ga qarshi o'yinda ishtirok etmadi.

Ayni vaqtda 35 yoshli futbolchi shifokorlar nazorati ostida. 

Takidlash lozimki, Puyol yaqinda bo'lib o'tgan Ispaniyaning eng yaxshi futbolchilarini taqdirlash marosimida qatnasha olmadi.

Uning tiklanish muddati keyinroq ma'lum qilinadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru