Puyol futbolchilik faoliyatini tugatishi mumkin

Narzulla Saydullayev
7 mar 2014, 14:27
Barselona himoyachisi Karles Puyol yozda faoliyatini tugatishi mumkin.
Aprel oyida 36 yoshga to'ladigan futbolchi mavsum tugagach klubdan ketishini ma'lum qilgandi. Agar etarlicha formaga ega bo'la olmasa futbolchilik faoliyatini tugatadi, deb xabar bermoqda El Mundo Deportivo nashri.

Puyol yakuniy qarorni yaqin oylarda qabul qiladi.

Oldinroq himoyachining Milan yoki MLS va Qatar klublaridan biriga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru