PSJning 7 nafar futbolchisi, Rafinya, Yamal, Bastoni va Rays ECHL mavsumi jamoasidan joy oldi

Alisher Ostonov
1 iyun 2025, 21:01
UEFA ECHLning o'tgan mavsum ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

Mavsum jamoasidan: Janluiji Donnarumma, Nunu Mendesh, Markinos, Ashraf Xakimi, Vitinya, Usmon Dembele, Dezire Due (barchasi - PSJ), Alessandro Bastoni ("Inter"), Deklan Rays ("Arsenal"), Lamin Yamal va Rafinya (ikkisi ham - "Barselona") joy oldi.

Finalda "Inter"ni 5:0 hisobida mag'lub etgan PSJ turnir g'olibiga aylandi.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/ChampionsLeague