PSJga "Arsenal" hujumchisi kerak

Mirjalol Normatov
30 apr 2023
"Reyms"da ijarada o'ynayotgan "Arsenal" forvardi Folarin Balogun faoliyatini Fransiyaning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin.

"L`Equipe" xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchiga PSJ tomonidan qiziqishlar bor.

Parij klubi tarkibni yoshartirish ishlarini boshlab yuborgan va shu sababli Balogunni tarkibiga qo'shib olmoqchi. Uning transfer summasi 30 mln evroga baholanmoqda.

Folarin "Arsenal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yil yoziga qadar davom etadi.

U ushbu mavsumda Fransiya chempionatining 31 o'yinida qatnashib, 18 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L`Equipe