PSJdan "Al Sadd"ga o'tgan fransiyalik futbolchi "Nasaf"ga qarshi o'ynay olmaydi

Omonjon To`xtamirzayev
30 sen 2023, 17:58
Klub hujumchini Osiyo Chempionlar ligasida ro'yxatdan o'tkaza olmagan.

2 oktyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida O'zbekistonning "Nasaf" va Qatarning "Al Sadd" klublari bellashadi.

Arab mamlakati jamoasi Qarshiga bir qancha yo'qotishlar bilan tashrif buyuradi. Jumladan, Fransiyaniing PSJ klubidan ijaraga olingan hujumchi Ilyos Husniyni klub turnir uchun ro'yxatdan o'tkaza olmadi. Shu sababli u ilk turni ham o'tkazib yuborgandi.

Shu bilan birga, tajribali himoyachi Pedro Migel va braziliyalik hujumchi Gilerme Torres ham jarohati sababli bo'lajak uchrashuvda qatnasha olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia