PSJda navbatdagi yo'qotish

Eldor Akmurzayev
3 mar 2021, 20:05
Parijliklar hujumchisi Moyze Kinning koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija berdi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.

Kin Liga 1 doirasida bugun “Bordo”ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvda qatnasholmaydi. Shuningdek, u “Brest” (7 mart) va YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Barselona”ga (10 mart) qarshi javob o'yinlarni ham o'tkazib yuborishi mumkin.

Moyze Kin joriy mavsum Fransiya chempionatida 19 o'yinda qatnashib, 11 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: psg.fr