PSJ Xvicha uchun 120 mln evro taklif qilishga tayyor

Alisher
2 iyun 2024, 00:54
PSJ o'z safida hujumkor yarim himoyachi Xvicha Kvaratsxeliyani ko'rishni juda ham xohlamoqda.

Liga 1 grandi 23 yoshli gruzin uchun 120 million evro taklif qilishga tayyor.

Shu bilan birga "Napoli"ning Kvaratsxeliya bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanligi qayd etilmoqda. Gruziyalik futbolchining amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Xvicha Kvaratsxeliya 2023/24 yilgi mavsum "Napoli" tarkibida 45ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato